date

Latsio Edoardo Mottani tarkibiga qoʻshib oldi

Latsio Edoardo Mottani tarkibiga qoʻshib oldi

Rimning «Latsio» klubi tarkibini yangi darvozabon bilan kuchaytirdi: Edoardo Motta jamoaga qoʻshildi. Transfer bo‘yicha ma’lumot klubning rasmiy saytida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli posbon «Rejana»dan sotib olindi. Mazkur jamoa Italiya futbolining ikkinchi darajali ligasi — B Seriyada ishtirok etadi.

Jurnalist Janluka Di Marzio xabariga ko‘ra, «Latsio» bu transfer uchun «Rejana»ga 1,2 mln yevro to‘lagan.

Motta joriy mavsumda 21 uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol o‘tkazib yubordi. U besh o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Hozirda «Latsio» A Seriya turnir jadvalida 29 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Latsio Edoardo Mottani tarkibiga qoʻshib oldi