date

PSJ hujumchisi Dembele Saudiya Arabistoniga yoʻl olishi mumkin

PSJ hujumchisi Dembele Saudiya Arabistoniga yoʻl olishi mumkin

PSJning fransuz hujumchisi Usman Dembele faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi ehtimoli bor. Sky Sports xabariga ko‘ra, tomonlar atrofida muzokaralar fonida qiziqish kuchaygan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, saudiyalik shayxlar yozgi transferni amalga oshirish ustida ish boshlagan. Biroq ehtimoliy kelishuv summasi hozircha oshkor qilinmayapti, shuningdek, Dembeleni aynan qaysi top-klub o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani ham noma’lum.

Avvalroq Dembelening PSJ bilan shartnomani uzaytirish uchun juda yuqori maosh talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Parij klubi prezidenti esa jamoaning yetakchi yulduzi bo‘lsa ham, klubdagi belgilangan maosh limitidan oshmasligini aniq bildirgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli Dembelening bozor qiymati 100 million yevroga teng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ hujumchisi Dembele Saudiya Arabistoniga yoʻl olishi mumkin