Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, jamoa yetakchisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni «Al-Nasr» guruhdagi beshinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi: Saudiya klubi Tojikistonda «Istiqlol»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lub etdi va guruhni 100 foizlik natija bilan yakunlashga yaqinlashdi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr» birinchi o‘rindan keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi. Krishtianu postga olov va qarsak emojilarini qo‘shdi.
40 yoshli hujumchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston bilan bog‘liq yolg‘on xabar ham muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!