Yangi Toyota bZ3X krossoveri sotuvga chiqdi: narxi 95 ming yuandan boshlanadi

GAC Toyota qo‘shma korxonasi 2026-yilgi model yiliga mansub Toyota bZ3X krossoverini rasman bozorga chiqardi. Yangilangan avtomobil birinchi xaridorlar uchun 94 800 dan 144 800 yuangacha bo‘lgan narxda taklif etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Asosiy yangiliklar haydovchilarga yordam berish tizimlari va avtoturargoh funksiyalariga qaratilgan. Mashina 20 ta yuqori aniqlikdagi datchik, yangi millimetrli radar va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. Shuningdek, bir tugma bosish orqali avtomatik parkovka qilish, videoregistrator va 6 kVt quvvatga ega tashqi rozetka kabi imkoniyatlar qo‘shildi.
Texnik jihatdan model ikki xil elektr dvigatel bilan taqdim etiladi: 204 ot kuchiga ega (200 Nm) va 224 ot kuchiga ega (210 Nm). Xaridorlar 50,03 kVt/soat, 58,37 kVt/soat va 67,92 kVt/soat sig‘imli batareyalar tanloviga ega, bu esa CLTC sikli bo‘yicha 430, 520 va 610 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi.
Krossoverning o‘lchamlari 4600 × 1875 × 1645 mm, g‘ildirak bazasi esa 2765 mm ni tashkil etadi. Model yetti xil rangda va 18 yoki 19 dyuymli g‘ildirak disklari bilan sotuvga chiqarilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!