Ronaldu Al-Nasr g'alabasiga ikki emodzi bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, “Al-Nasr” o'z yetakchisiz ham barqaror o'yin namoyish etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinda ham g'alaba qozondi: Tojikistonda “Istiqlol” 4:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda “Al-Nasr” guruhni birinchi o'rinda yakunlab, turnirning keyingi bosqichiga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga olov hamda olqish emodzilari bilan munosabat bildirdi.
40 yoshli hujumchining “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Shu orada internetda Ronaldu va Tojikiston haqidagi soxta xabar ham muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!