Lechche Udinese ustidan 90-daqiqada g‘alabani sug‘urib oldi

Italiya A Seriyasining 24-turida “Lechche” o‘z maydonida “Udinese”ni qabul qildi va dramatik yakunda 2:1 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida raqib yarim himoyachisi Yesper Karlstryom xatosidan keyin Omri Gandelman hisobni ochdi. 26-daqiqada esa Umar Sole penaltini aniq ijro etib, darvozabonni chalg‘itdi va muvozanatni tikladi — 1:1.
O‘yin oxiriga yaqin Konan N’Dri uzoq masofadan zarba berib, biroz aniqlik yetishmadi. Biroq 90-daqiqada Lamek Banda jarima zarbasidan to‘pni aniq “to‘qqizlik”ka joylab, “Lechche”ga g‘alaba keltirdi — 2:1.
Ushbu natija “Lechche”ning g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi va jamoa quyi ligaga tushib ketish zonasidan 3 ochkoga uzoqlashdi. “Udinese” esa turnir jadvalida 8-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!