Huawei Enjoy 90 Pro Max: 8500 mA/soat sigʻimli batareya va yangi funksiyalar

Huawei kompaniyasi HarmonyOS tizimi uchun navbatdagi yangilanishni taqdim etdi. Enjoy 90 Pro Max modeli ushbu yangilanish doirasida Game Assistant funksiyasiga ega boʻlgan ilk smartfonga aylandi. Yangilangan Game Assistant oʻyin jarayonini optimallashtiruvchi yuqori unumdorlik rejimini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, foydalanuvchilar oʻyin vaqtida chalgʻimaslik uchun "Bezovta qilinmasin" rejimini yoqishlari va oʻyin hamjamiyatlari, sovgʻalar hamda yangiliklardan oson foydalanishlari mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
HarmonyOS 6.1.0.210 versiyasi orqali galereya ilovasi ham sezilarli darajada boyitildi. Endilikda foydalanuvchilar sunʼiy intellekt yordamida dublikat va oʻxshash suratlarni tezda tozalashlari mumkin. Tahrirlash imkoniyatlari ham kengaytirilib, yangi stikerlar, chizish vositalari (strelkalar, shakllar) va matnni bezash uchun dekorativ uslublar qoʻshildi.
Eslatib oʻtamiz, Enjoy 90 seriyasi joriy yilning 23-martida taqdim etilgan boʻlib, unga bazaviy model, Enjoy 90 Plus va Enjoy 90 Pro Max kiradi. Barcha modellar Kirin 8000 chipi va HarmonyOS 6 tizimida ishlaydi. Sotuvga chiqqan ilk kuniyoq 250 000 dona smartfon oʻz xaridorini topdi.
Enjoy 90 Pro Max modelining eng asosiy ustunligi uning 8500 mA/soat sigʻimga ega akkumulyatoridir. Bu Huawei tarixidagi eng katta sigʻimli batareya hisoblanadi. Yangi smartfonlar avvalgi Enjoy 80 avlodiga nisbatan kattaroq ekranlar bilan jihozlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!