Telegram bir kunda 100 mingdan ortiq kanal va guruhni blokladi

Telegram messenjeri jamoasi 2026-yil 12-may kuni platforma siyosatini buzgan 100 920 ta kanal va guruhni blokirovka qildi. Bu haqda servisning rasmiy saytidagi yangilangan maʼlumotlarda keltirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Statistikaga koʻra, bir hafta ichida Telegramʼda 556 mingdan ortiq kanal cheklov ostiga tushgan. 2026-yil boshidan buyon esa jami 14 999 441 ta, yaʼni qariyb 15 millionga yaqin kanal va guruhlar oʻchirib tashlangan.
TASS axborot agentligi xabariga koʻra, Telegram tarixidagi eng yirik blokirovka 2026-yil 1-yanvar kuni qayd etilgan boʻlib, oʻsha kuni 543 mingga yaqin kanal va guruh faoliyati toʻxtatilgan edi.
Umuman olganda, 2026-yilning birinchi choragida Telegram maʼmuriyati oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 51 foizga koʻproq kanal va guruhlarni bloklagan. Bu platforma xavfsizlik qoidalarini kuchaytirayotganidan dalolat beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!