Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

Fenerbahche jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Anderson Taliska klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqdagi xabar Istanbul klubining rasmiy manbalarida tasdiqlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yangilangan kelishuvga ko'ra, braziliyalik futbolchi 2028 yil yozigacha Fenerbahche safida to'p surishda davom etadi.
Taliska Turkiyada 2025 yil yanvaridan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Turkiya chempionatining 20-turidan so'ng Fenerbahche turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va yetakchi Galatasaraydan 6 ochko ortda qolgan. 10 fevral, dushanba kuni istanbulliklar Genchlerbirligi bilan bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing