Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Biroq yetakchisisiz ham “Al-Nasr” natija qilishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutdi: Tojikistonda “Istiqlol” 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi. Shu tariqa “Al-Nasr” guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining pley-offga birinchi o‘rin bilan chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda olqish belgisini qo‘shdi.
40 yoshli futbolchining “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston haqida tarqalgan soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!