date

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol poygasiga baho berdi

Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol poygasiga baho berdi

Braziliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos 41 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning karyerasida 1000 gol urish maqsadi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ronaldu muxlislari uchun uning tarix yaratayotgani va yangi rekordlar o‘rnatayotganini kuzatish ajoyib. 1000 gol urgan yagona futbolchi Pele bo‘lgan. Ronaldu ham bu ro‘yxatga qo‘shilishi mumkin», — deya Karlosning so‘zlarini O Jogo nashri keltirdi.

Joriy mavsumda yulduz to‘purar Saudiya Arabistonidagi jamoasi safida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol va 3 assist qayd etdi. Shuningdek, manbaga ko‘ra, Ronaldu Saudiya ligasi ichidagi transferlardan norozi bo‘lgani sabab «Al-Nasr»ning so‘nggi o‘yinlarida ishtirok etmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Roberto Karlos Ronalduning 1000 gol poygasiga baho berdi