Real Madrid Kylian Mbappe borasida yakuniy qarorga keldi

Real Madrid klubi Kylian Mbappe kelajagi bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qildi. Jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bilan yuzaga kelgan ziddiyatlarga qaramay, fransiyalik hujumchi Ispaniyada qoladigan bo‘ldi. Klub rahbariyati futbolchini sotmaslikka qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Santiago Bernabeu stadionidagi muhit keskinlashganiga qaramay, Mbappe yozda jamoani qabul qilib oladigan Jose Mourinho qo‘l ostida ishlashga tayyorlanmoqda. Portugaliyalik mutaxassis jamoada tartib o‘rnatish va tarkibni qayta shakllantirish vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
O‘tgan haftada Real Oviedo ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Mbappe o‘zining tarkibdagi o‘rni bo‘yicha bahsli bayonot bergan edi. Hujumchi murabbiy uni to‘rtinchi tanlovdagi hujumchi deb ataganini ta’kidladi, biroq Alvaro Arbeloa bu ma’lumotni keskin rad etib, futbolchi bilan o‘rtada tushunmovchilik yuzaga kelganini bildirdi.
Hozirda Real Madrid diqqatini mavsum yakuniga qaratgan. Jamoa Jose Mourinho kelguniga qadar Sevilla va Atletik Bilbao klublariga qarshi bahslarda maydonga tushadi. Mourinhoning asosiy maqsadi esa Barselona jamoasining ichki chempionatdagi ustunligiga barham berishdan iborat bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!