Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emodzi bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi yetakchisiz ham barqaror natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kungi uchrashuvda “Al-Nasr” guruhdagi beshinchi o‘yinini ham yutdi: Tojikistonda “Istiklol” 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi.
O‘yin yakunidan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda “Al-Nasr” guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, turnirning keyingi bosqichiga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi. Portugaliyalik hujumchi postga olov va qarsak emodzilari bilan munosabat bildirdi.
40 yoshli Ronaldu “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomaga ega bo‘lib, uning kelishuvi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston haqidagi soxta xabar ham qizg‘in muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!