date

Uvarov Rossiyaga UYEFA doirasida Isroilni raqib ko‘rmoqda

Uvarov Rossiyaga UYEFA doirasida Isroilni raqib ko‘rmoqda

SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Uvarov Rossiya va Isroil terma jamoalari yaqin yillarda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinligini aytdi. Hozirda u Tel-Avivning “Makkabi” klubida yoshlar jamoasi darvozabonlari murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uvarovning fikricha, bunday o‘yin tashkil etilishiga jiddiy to‘siqlar yo‘q. U 2026 yilda Rossiya tomoni tashabbus ko‘rsatsa, Rossiya – Isroil bahsini ko‘rishimiz mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Rossiya va Isroil futbol federatsiyalari o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy ekanini qayd etdi.

Ma’lumki, Rossiya terma jamoasi sanksiyalar sharoitida asosan faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqda. Mart oyidagi navbatdagi yig‘in uchun raqiblar esa hozircha e’lon qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Uvarov Rossiyaga UYEFA doirasida Isroilni raqib ko‘rmoqda