date

Mbappe Alonso bilan ishlashni Arbeloaga qaraganda afzal ko'rgan

Mbappe Alonso bilan ishlashni Arbeloaga qaraganda afzal ko'rgan

Kilian Mbappe «Real» safida gollar urishni davom ettirmoqda. Yakshanba kungi o'yinda madridliklar «Valensiya»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi, uchrashuvdagi ikkinchi golga esa Mbappe mualliflik qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline El Partidazo dasturiga tayanib xabar berishicha, fransuz hujumchisi Xabi Alonso bilan ishlashni Alvaro Arbeloaga qaraganda ko'proq yoqtirgan.

Qizig'i, avvalroq Alonso va Mbappe orasida taranglik borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq futbolchi murabbiy ishdan ketganidan keyin bu gaplarni rad etib, amalda hech qanday muammo bo'lmaganini aytgandi.

Hozir «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. «Barselona» esa bir ochko ko'proq jamg'argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe Alonso bilan ishlashni Arbeloaga qaraganda afzal ko'rgan