Uvarov Rossiyaga UYEFA doirasida potensial raqibni aytdi

SSSR terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Uvarov yaqin yillarda Rossiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidladi. Hozirda Uvarov Tel-Avivning «Makkabi» klubi yoshlar jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning fikricha, bunday o‘yin uchun jiddiy to‘siqlar yo‘q. «Agar Rossiya tomoni tashabbus ko‘rsatsa, 2026 yilda Rossiya va Isroil terma jamoalari bahsini ko‘rishimiz mumkin», — deya Uvarovning so‘zlarini Metaratings keltirdi.
Shuningdek, u Rossiya va Isroil futbol federatsiyalari o‘rtasidagi aloqalar juda yaxshi ekanini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, sanksiyalar sharoitida Rossiya terma jamoasi hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi mumkin. Mart oyidagi navbatdagi yig‘in uchun raqiblar hali e’lon qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!