Uch zarba, to'rtta gol Villarreal Espanol mag'lubiyatini uzaytirdi

La Liganing 23-turida Villarreal o'z maydonida Espanolni 4:1 hisobida yengdi. Uchrashuv g'alati ssenariyda kechdi: 87-daqiqagacha har ikki jamoa darvozasi tomon aniq bor-yo'g'i uchta zarba yo'llagan bo'lsa-da, tablodagi hisob 4:0 edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin boshida mehmonlar Dolanning chap qanotdan uzatmasidan so'ng Omar el-Hilali sakkiz metr masofadan darvozani ishg'ol qildi, biroq hujumdagi qoida buzilishi qayd etilib, gol bekor qilindi. 35-daqiqada Villarreal hisobni ochdi: chapdan uzatilgan to'pni Byukenен uzoq ustun yonida ortga oshirdi, Mikautadze esa aylangan holda zarbasi bilan to'pni o'ng yuqori burchakka joyladi — 1:0. Oradan ko'p o'tmay Moleyro jarima maydoniga yorib kirib pas uzatdi, Salinas to'pni qaytaraman deb o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi — 2:0.
Ikkinchi bo'lim boshida Moleyro markazdan Pepega uzatma berdi, hujumchi jarima maydoniga kirib borib 15 metrdan pastdan aniq zarba bilan farqni uchtaga chiqardi — 3:0. 55-daqiqada esa Moleyro Mikautadzeden pas qabul qilib, 12 metrdan uzoq burchakka aniq tepdi — 4:0. Yakunda Espanol bitta to'p bilan javob qaytardi: burchak zarbasidan keyin Kabreira bosh bilan hisobni 4:1 ko'rinishiga keltirdi.
Bu g'alaba Villarrealga turnir jadvalida uchinchi o'rindagi Atletikoga yetib olish imkonini berdi. Espanol esa ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatidan so'ng oltinchi pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!