date

Shevchenko Rebrov Ukrainada ishini davom ettirishini aytdi

Shevchenko Rebrov Ukrainada ishini davom ettirishini aytdi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari, sobiq «Milan» va «Chelsi» hujumchisi Andrey Shevchenko milliy terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Rebrovning kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shevchenko UAF matbuot xizmati orqali: «Sergey Stanislavovichning o‘rnini bosish masalasi ko‘rib chiqilmayapti. U xotirjam ishini davom ettirishi mumkin», — degan so‘zlarni yetkazdi.

Rebrov Ukraina terma jamoasini 2023 yildan beri boshqarib kelmoqda.

«Sariq-ko‘klar» 2026 yilgi jahon chempionati saralash guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi va endi pley-off uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ukrainalarning ilk raqibi Shvetsiya terma jamoasi bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shevchenko Rebrov Ukrainada ishini davom ettirishini aytdi