Slutskij boshchiligidagi Shankhay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskij boshqarayotgan «Shankhay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqich 6-turida safarda «Sanfrecce Hirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — himoyachi Hayato Araki mezbonlar uchun g'alaba to'pini urdi. Natijada «Shankhay Shenxua» mazkur turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Olti turdan so'ng Slutskij jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Hirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda kuchli uchlikdan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing