date

Matteus Karlning fintlarini himoya qildi va Messini esladi

Matteus Karlning fintlarini himoya qildi va Messini esladi

Myunxenning “Bavariya” klubining sobiq himoyachisi Lotar Matteus Bundesligada “Hoffenhaym” ustidan 5:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng 17 yoshli iqtidor Lenart Karlning o‘yiniga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matteusning aytishicha, Karlning ayrim omadli chiqmagan fintlari aks etgan video internetda tez tarqalib ketdi. U yosh futbolchi ba’zan ortiqcha hiyla ishlatib yuborishini tan olsa-da, aynan shunday jasorat va kreativlik muxlislarga yoqishini ta’kidladi. “U futbolni juda yaxshi ko‘radi, mahoratini ko‘rsatishni istaydi va afsonalarning usullarini takrorlashga urinadi. Hatto Messi ham 17 yoshida hamma narsani mukammal bajarmagan. Lenart bizni xursand qilishda davom etsin”, — deya Matteusning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.

Joriy Bundesligа mavsumida Lenart Karl 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Matteus Karlning fintlarini himoya qildi va Messini esladi