date

Riberi advokati unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi

Riberi advokati unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi

So‘nggi kunlarda oshkor qilingan «Epshteyn fayllari» dunyo bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Hujjatlarda futbol olamiga ham aloqador ism tilga olingani, xususan, Fransiya terma jamoasining sobiq a’zosi va «Bavariya»ning eks futbolchisi Frank Riberi nomi qayd etilgani e’tiborni yanada kuchaytirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu holat ortidan Riberining manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Karlo Alberto Bruza ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi. U tarqalgan ma’lumotlarni asossiz va yolg‘on deya atadi.

«Bu — feyk. Men janob Riberini himoya qiluvchi advokat sifatida barcha zarur huquqiy choralarni ko‘raman. Mijozim va uning oilasi sha’niga putur yetkazadigan yolg‘on xabarlarni tarqatayotganlar jazolanishi kerak», — deb yozdi Bruza.

Ma’lumotlarga ko‘ra, e’lon qilingan fayllarning uch sahifasida Riberi nomi uchragan. Unda taxminiy jabrlanuvchi uni noqonuniy fohishalik bilan bog‘liq aloqalarda ayblagan, shuningdek, Riberining iltimosi bilan uchinchi shaxs tomonidan bir kishiga hujum qilinganini ham iddao qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Riberi advokati unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi