date

Lionel Messi MLS tarixidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylandi

Lionel Messi MLS tarixidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylandi

MLS futbolchilar uyushmasi (MLSPA) tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Lionel Messi joriy mavsumda 28,3 million dollar ishlab topadi. Bu koʻrsatkich liga tarixidagi rekord natija boʻlib, argentinalik yulduzning daromadi oʻtgan yilga nisbatan qariyb 40 foizga oshgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Inter Miami klubi moliyaviy xarajatlar boʻyicha MLSda yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Jamoaning umumiy maosh fondi 54,6 million dollarni tashkil etadi, bu esa ikkinchi oʻrindagi LAFC klubidan 20 million dollarga koʻpdir. Klub tarkibida German Berterame kabi yangi transferlar ham yuqori maosh oluvchilar qatoridan joy olgan.

Reytingda ikkinchi oʻrinni LAFC hujumchisi Son Heung-Min egallab turibdi, u yiliga 11 million dollardan ortiq daromad qiladi. Kuchli beshlikka Rodrigo De Paul (9,7 million dollar) va Chucky Lozano (9 million dollar) ham kirgan. Shuningdek, Miguel Almiron, Emil Forsberg va Sam Surridge kabi futbolchilar ham liganing eng koʻp maosh oluvchi oʻyinchilari qatorida qayd etilgan.

Boshqa tomondan, Philadelphia Union, Sporting Kansas City va CF Montreal kabi klublar ancha kamtarona byudjet bilan faoliyat yuritmoqda. Masalan, Philadelphia Unionning umumiy maosh fondi atigi 11,7 million dollarni tashkil etadi, bu esa liganing eng past koʻrsatkichlaridan biridir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi MLS tarixidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylandi