Slutskij jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 6-turida yana ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Natijada «Shanxay Shenxua» ushbu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Olti turdan so'ng Slutskij jamoasi hisobida 4 ochko bor va u turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing