date

Ronalduga A Seriyadagi kutilmagan transfer taklif qilindi

Ronalduga A Seriyadagi kutilmagan transfer taklif qilindi

Krishtianu Ronaldu atrofidagi boykot mavzusi fonida uning yozda “Al-Nasr”ni tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yana kuchaydi. The Sun nashri portugaliyalik yulduz faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan besh klubni sanab o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ro‘yxatdagi to‘rt variant avval ham ommaviy axborot vositalarida tilga olingan: “Al-Hilol”, “Manchester Yunayted”, “Sporting” va “Inter Mayami”. Biroq beshinchi yo‘nalish kutilmagan ko‘rinadi.

Manbaga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi “Komo” safini to‘ldirishi ehtimoldan xoli emas. Ta’kidlanishicha, klub egalari bo‘lgan indoneziyalik milliarderlar Ronalduga munosib shartnoma taklif qilish imkoniyatiga ega.

Ronaldu avvalroq A Seriyada “Yuventus” sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduga A Seriyadagi kutilmagan transfer taklif qilindi