Panenka penalti uslubi hurmatsizlik emasligini aytdi

Afsonaviy Antonin Panenka o'z nomi bilan ataladigan "panenka" uslubidagi penalti zarbasi raqibni kamsitish degan fikrga qo'shilmadi. Chexiyalik sobiq futbolchi bu zarbani 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida ijro etgani bilan tarixda qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Panenkaning so'zlariga ko'ra, u o'sha paytda raqib ustidan kulish haqida emas, aynan gol urish ehtimoli eng yuqori bo'lgan yechimni tanlash haqida o'ylagan. "Bunday zarba hurmatsizlikmi? Men bunga qo'shilmayman. Finalda sen raqibni masxara qilishni o'ylamaysan. Men futbolni sevaman va hech kim ustidan kulishni istamaganman. Menimcha, bu gol urishning eng yaxshi yo'li edi", — dedi u Cadena SER radiosining El Larguero dasturida.
Avvalroq Panenka Afrika Millatlar kubogi finalida Brahim Dias nima sababdan "panenka" uslubida gol ura olmaganini ham izohlab bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!