date

Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi

Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim bahs borligini alohida ta'kidladi.

Shuningdek, u Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda vaqti-vaqti bilan qatnashmay qolishi yangi holat emasligini eslatdi. Murabbiyning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" – "Al-Nasr" uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi