Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida savollarga javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati va klubdagi kayfiyati borasida qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan video "FNL s Ilyovym" telegram-kanalida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Turkiyadagi sharoitlar haqida ham savolga jilmayib, barchasi ko'ngildagidek ekanini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Jikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga kelib qo'shilgan. Shu vaqtgacha u jamoa safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo'ldi.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o'yini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!