Panenka penalti uslubi haqidagi bahslarga munosabat bildirdi

Afsonaviy futbolchi Antonin Panenka «panenka» uslubida tepish raqibni kamsitish degan qarashga qo‘shilmasligini aytdi. U bu zarbani 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida ham qo‘llagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Panenka Cadena SER radiosining El Larguero dasturida o‘sha paytdagi fikrlarini eslab, bunday penalti masxara uchun emas, gol urish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan variant sifatida tanlanganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, final kabi katta o‘yinda futbolchi raqib ustidan kulish haqida emas, natija haqida o‘ylaydi: u futbolni yaxshi ko‘rishini va hech kimni kamsitmoqchi bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, Panenka avvalroq o‘z fikricha, Braim Dias nega Afrika Millatlar kubogi finalida «panenka» uslubida gol ura olmaganini ham izohlagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!