Buффon Pio Espozitoni Italiya futbolining katta umidi deb bildi

Turinning “Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buффon hozirgi paytda eng istiqbolli italiyalik futbolchi kimligini aytdi. Uning fikricha, bu — “Inter” hujumchisi Pio Espozito. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buффon yosh futbolchi yaqin kelajakda, xususan, jahon chempionatida o‘zini yorqin ko‘rsatishiga umid bildirdi.
“Men Espozitoni shaxsan kuzatdim va u menda juda katta taassurot qoldirdi. U kamtar, professionalligi yuqori, motivatsiyaga to‘la va ishtiyoq bilan harakat qiladi. Men uni jahon chempionatiga Italiya terma jamoasi tarkibiga hech ikkilanmasdan olardim”, — deya Buффonning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda “Inter” Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!