Shlotterbek Borussiyani faqat Real uchun tark etishi mumkin

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. Shlotterbek esa «Borussiya»dan faqat «Real» taklifi bo‘lsa ketishga tayyorligini bildirgan. «Asalarilar» himoyachini 40–50 million yevro atrofida sotishi mumkin.
Shlotterbek 2022 yilda «Frayburg»dan Dortmundga 20 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 26 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing