date

Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda

Fransiyaning «Marsel» klubi Roberto De Dzerbi bilan xayrlashganidan keyin jamoa boshqaruvi uchun yangi variantlarni faol tarzda izlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Foot Mercato xabariga ko'ra, marselliklar avvalroq tilga olingan Saudiya Arabistonida ishlayotgan Serjiu Konseysau bilan birga Xabib Beye nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

Beye yaqinda «Renn»da bosh murabbiy bo'lib ishlagan. U 9 fevral kuni jamoaning so'nggi to'rtta uchrashuvidagi qoniqarsiz natijalar ortidan lavozimidan chetlatildi.

Hozirda «Marsel» chempionat turnir jadvalida 21 o'yindan keyin 39 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Undan yuqorida «Lion» (42), «Lans» (49) va «PSJ» (51) joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marsel bosh murabbiyligiga yana bir nomzodni ko'rib chiqmoqda