Ronaldu sport zalida qizi bilan birga shug'ullandi

Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat joyladi. Unda 41 yoshli hujumchi sport zalida gantel ko‘tarib mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ronalduning yonida qizlaridan biri ham bor: u ham qo‘lida gantel ushlab turibdi, faqat kichikroq va pushti rangda. Jorjina esa suratga qisqa izoh qoldirdi: «Dada».
Avvalroq Rodriges Ronalduni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan, biroq post futbolchi 41 yoshga to‘lganidan bir kun o‘tib e’lon qilingani ham e’tibor tortgan.
Shu orada Ronalduning «Al-Nasr» safidagi so‘nggi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgani haqida ham xabarlar bor. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani sababli o‘yinlarni boykot qilayotgani yuzasidan mish-mishlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!