Denis Makarov jarohat olib, muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, tibbiy tekshiruvlar chog‘ida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi o‘rta mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor» safidagi debyutini 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlandi, rossiyalik futbolchi jamoasi esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Avvalroq Makarov Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!