Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini aytdi

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga ehtimoliy qaytishi haqidagi savollarga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
JCH arafasida nemislar darvozabonlar masalasida muammolarga duch kelayotgani fonida, matbuotda bir necha oydan beri tez orada 40 yoshga to‘ladigan Noyerning bundesjamoaga qaytishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tinmayapti.
Chorshanba kuni “Bavariya” Germaniya Kubogi chorak finalida “RB Leyptsig”ni 4:0 hisobida yengdi. O‘yin tugagach, jurnalistlar Noyerdan terma jamoadan ketishi yakuniy qarormi, deb so‘rashdi. “Ha”, — deya qisqa javob qaytardi Myunxen klubi sardori.
Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing