date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chorshanba kuni Ar-Riyod klubi OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.

«Taqvim juda tig'iz. Shu sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi», — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Mutaxassis Ronalduga bunday tanaffuslar yangilik emasligini ham qo'shimcha qildi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda ilk bor qatnashmayotgani yo'q.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi