Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida qisqa javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati bo‘yicha berilgan savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u «hammasi yaxshi» deya qisqa javob berdi. Turkiyadagi sharoit va vaziyatdan qoniqyapsizmi, degan savolga esa himoyachi tabassum bilan «hammasi joyida» ekanini aytdi.
Jikiya "Antalyaspor" safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13 fevral kuni o‘z maydonida "Samsunspor"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!