Jezush Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berilishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u tarkibdan joy olmaydi.
Jezushning so'zlariga ko'ra, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy «Al-Fateh»ga qarshi muhim bahs oldidan kuchni tejash zarurligini ta'kidladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda aytilishicha, Ronalduga dam berish — yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda avval ham bir necha bor qatnashmagan.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!