date

Nottingem Forest yangi bosh murabbiy borasida kelishuvga yaqinlashdi

Nottingem Forest yangi bosh murabbiy borasida kelishuvga yaqinlashdi

“Nottingem Forest” Shon Daych bilan xayrlashganidan so‘ng jamoaga yangi bosh murabbiy izlashni jadallashtirdi. Sky Sports xabariga ko‘ra, “o‘rmonchilar” ruliga Vitor Pereyra kelishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassis bilan muzokara o‘tkazgan va Pereyra Angliya chempionatiga qaytish variantiga qarshi emas.

57 yoshli murabbiy so‘nggi bor “Vulverhempton”da ishlagan va noyabr boshida klubni tark etgan. Pereyra faoliyati davomida “Portu”, “Fenerbahche”, “Al-Shabab”, “Flamengo”, “Olimpiakos” kabi jamoalarni ham boshqargan.

Hozirda “Nottingem Forest” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda, jamoa hisobida 27 ochko bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nottingem Forest yangi bosh murabbiy borasida kelishuvga yaqinlashdi