date

Nunes arab ligasi ro'yxatidan chiqarildi, o'rniga Benzema kiritildi

Nunes arab ligasi ro'yxatidan chiqarildi, o'rniga Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tusha olmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni ichki liga uchun arizadan chiqarib, yangi kelgan Karim Benzemani ro'yxatga kiritishni ma'qul ko'rdi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib keladi va hozirga qadar milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, u 2022 yilgi Qatar jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nunes arab ligasi ro'yxatidan chiqarildi, o'rniga Benzema kiritildi