date

Jezush Ronaldu yaqin o'yinda maydonga tushmasligini aytdi

Jezush Ronaldu yaqin o'yinda maydonga tushmasligini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nima sababdan navbatdagi uchrashuvda ishtirok etmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, ushbu bahsda ham uning nomi qaydnomadan joy olmaydi.

«Juda tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin bor», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy, shuningdek, Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini, bu holat avval ham bir necha bor kuzatilganini ta'kidladi.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o'yini shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronaldu yaqin o'yinda maydonga tushmasligini aytdi