date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega o'ynamasligini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega o'ynamasligini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz forvardning tez orada maydonga qaytishi kutilayotganiga qaramay, bu o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning so'zlariga ko'ra, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buni oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim uchrashuv borligi bilan izohladi.

Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarni o'tkazib yuborishi yangilik emasligini ta'kidladi. Al Nassr Zone manbasi murabbiyning fikrlarini keltirdi.

Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega o'ynamasligini aytdi