Al-Hilal BAA ligasi uchun Nunesni ro‘yxatdan chiqardi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilal»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy chempionat uchun berilgan ro‘yxatdan chiqarib, o‘rniga klubga kelib qo‘shilgan Karim Benzemani kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Nunes jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun qaydnomada qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida o‘ynagan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga chaqirib kelinadi, hozirga qadar terma safida 13 ta gol urgan hamda 2022 yilgi Qatar jahon chempionatida ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing