date

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi dramatik bahsdan so‘ng yarim finalga chiqdi

U-17 Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi dramatik va murosasiz bahs o‘tkazdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘yinda hisobni koreyalik futbolchi J. Mun 22-daqiqada ochdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi hujumlarni kuchaytirdi va A. Ravshanbekov 41-daqiqada muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida esa u dubl rasmiylashtirib, jamoamizni oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari keskin kurashlar ostida o‘tdi. 88-daqiqada S. An hisobni tenglashtirib, bahsni penaltilar seriyasiga olib bordi. Penaltilarda esa O‘zbekiston yoshlari sovuqqonlik bilan harakat qildi.

Penaltilar seriyasida Hakimov M., Anarov M., Abdusoliyev M., Mamatov M. va Erkinov A. o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Koreya Respublikasi tarkibida esa Park Kyung-xun penaltini aniq amalga oshira olmadi va bu hal qiluvchi pallaga aylandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogining yarim finaliga chiqdi. Endi jamoamizni keyingi bosqichda Yaponiya terma jamoasi kutib turibdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-17 terma jamoasi dramatik bahsdan so‘ng yarim finalga chiqdi