date

Abduqodir Husanov «Chelsi»ga qarshi finalda qanday baholandi?

Angliya Kubogi finalida «Manchester Siti» «Chelsi»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdagi yagona golni 71-daqiqada A. Semeno kiritdi.

O‘yindan keyin e’lon qilingan statistik baholarga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov 6.8 ballga loyiq ko‘rildi. U bahs davomida himoya chizig‘ida harakat qilib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, «Manchester Siti» o‘yin davomida ustunlik qildi. Jamoa 56 foiz to‘p nazoratiga ega bo‘lib, 527 ta pas amalga oshirdi. Shuningdek, «shaharliklar» darvoza tomon 10 ta zarba berdi va ularning 4 tasi aniq bo‘ldi.

Abduqodir Husanov esa uchrashuv davomida sariq kartochka ham oldi. Shunga qaramay, u finaldek muhim bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov «Chelsi»ga qarshi finalda qanday baholandi?