Dani Carvajal Real Madrid bilan xayrlashmoqda

Real Madrid o‘zining eng sovrindor afsonalaridan biri Dani Carvajal bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 13 yillik tarixiy faoliyatidan so‘ng, 34 yoshli himoyachi yozgi transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
The Athletic xabariga ko‘ra, jamoa sardori o‘zining Madrid klubidagi davri yakuniga yetganini anglab yetgan. So‘nggi mavsumlarda jarohatlar tufayli o‘yin amaliyoti kamaygan futbolchi yangi chaqiriqlarni qabul qilishga qaror qildi.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Trent Alexander-Arnold nomzodiga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Dani Carvajal esa zaxira o‘yinchisi bo‘lib qolishni istamay, faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
Dani Carvajal 2013-yildan buyon "qirollik klubi" safida 449 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta Chempionlar ligasi va 4 ta La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Uning Madrid safidagi hissasi va erishgan yutuqlari klub tarixida oltin harflar bilan muhrlanib qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!