date

Djikija Antalyaspor dagi holati haqida gapirdi

Djikija Antalyaspor dagi holati haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikija Turkiyadagi faoliyati va klubdagi vaziyati yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari «FNL s Ilovym» telegram-kanali e’lon qilgan videoda keltirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistlar Djikijadan «Antalyaspor»dagi ishlari qanday ketayotgani va Turkiyadagi sharoitlar ko‘nglidan chiqayotgan-chiqmayotganini so‘rashdi. Himoyachi esa hammasi joyida ekanini aytib, Turkiyada hamma narsa o‘zini qoniqtirishini tabassum bilan ta’kidladi.

Djikija «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13-fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikija Antalyaspor dagi holati haqida gapirdi