Pisaryov Bryugge va Atletiko uchrashuvi uchun taxmin bildirdi

Rossiya terma jamoasi murabbiyi Nikolay Pisaryov Chempionlar ligasida «Bryugge» va «Atletiko» o‘rtasidagi yaqinlashib kelayotgan bahs haqida fikrlarini aytib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, «Bryugge»ning himoyada baland chiziqda o‘ynashi madridliklar uchun qulay vaziyat yaratadi: «Atletiko» aynan bo‘sh hududni yaxshi ishlatadi va raqib ortiga tezkor hujumlar uyushtirishi mumkin. Pisaryov «Atletiko»ni himoyasini yorib o‘tish qiyin jamoa sifatida baholab, buni «Betis»ga qarshi o‘yinda ham ko‘rish mumkinligini eslatdi. Uningcha, «Bryugge» bu o‘yinda g‘alaba qozona olmaydi, «matraschilar» esa ko‘proq durang natijaga o‘ynab, javob uchrashuvida Madridda masalani hal qilishni ko‘zlaydi.
Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichining ilk uchrashuvi «Bryugge» – «Atletiko» 18-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!