Marsel Strasburgga qarshi ikki gol ustunligini boy berdi

Fransiya Liganing 1 22-turida “Marsel” o‘z maydonida “Strasburg”ni qabul qildi va 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda durangga rozi bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Diegu Moreyra jarima maydoniga aniq uzatma tashladi, Xoakin Panichelli bosh bilan zarba berdi, biroq to‘p ustunga tegdi. Ko‘p o‘tmay Amin G‘uyri hujumni tezlashtirib, Meyson Grinvudga pas uzatdi. Grinvud darvozabon ustidan to‘pni oshirib, hisobni ochdi — 1:0.
Tanaffusdan keyin “Marsel” tezkor hujum uyushtirdi va bu safar G‘uyri o‘zi vaziyatdan unumli foydalanib, farqni ikkitaga yetkazdi — 2:0.
74-daqiqada “Strasburg” qaytish uchun imkon topdi: Sebastyan Nanasi uzoqdan zarba yo‘lladi, to‘p rikoshet orqali darvozadan joy oldi — 2:1. O‘yinga qo‘shib berilgan 7-daqiqada mehmonlar penalti ishlab oldi va Panichelli 11 metrlikdan aniq tepdi — 2:2. “Marsel” darvozaboni so‘nggi lahzagacha markazda qolib ketdi.
Bu natijadan so‘ng “Marsel” turnir jadvalida uchinchi o‘rindagi “Lion”ni siqib chiqarish imkonidan foydalana olmadi. “Strasburg” esa yettinchi pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!