Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini qachon tugatishi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fevral boshida 41 yoshni qarshi olgan hujumchi haqida gapirgan mutaxassis, Ronaldu hali ham yuqori darajada o‘ynashga yetarli jismoniy ko‘rsatkichlarga ega ekanini ta’kidladi.
Martines BBC bilan suhbatda: «Uning jismoniy holati yana, yana va yana o‘ynashga imkon beradi. Menimcha, masala qachon o‘zi buning uchun to‘g‘ri vaqt kelganini his qilishida. Ronaldu juda talabchan futbolchi: u jamoaga foyda bera olmasligini anglasa, shunda to‘xtash qarorini qabul qiladi», — dedi.
Klub darajasida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasida to‘p surmoqda. Xabarlarga ko‘ra, yulduz futbolchi shanba kuni klub rahbariyati boshqaruvidan norozi bo‘lib, bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborganidan so‘ng yana tarkibga qaytishi kutilmoqda.
«Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult’da matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!