date

Ronaldu qaytdi va darhol gol bilan iz qoldirdi

Ronaldu qaytdi va darhol gol bilan iz qoldirdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytganini gol bilan nishonladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki uchrashuvda ishtirok etmadi, biroq qaytishi bilan darrov o'z so'zini aytdi: u "Al-Fateh" darvozasini 18-daqiqadayoq ishg'ol qildi. Bellashuv "Al-Nasr"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yindan so'ng 41 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda qisqa izoh qoldirdi: "Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak".

Er-Riyod jamoasi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Al-Hilol"dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu qaytdi va darhol gol bilan iz qoldirdi